Emmanuyel Makron Parijdagi aammit ishtirokchilar Ukraina va uning armiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga kelishib olganini aytdi. Shuningdek, u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish vaqti kelmaganini ta’kidladi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, sammitda Rossiyaga va uning “soya floti”ga bosimni davom ettirish haqida qaror qabul qilingan. Shuningdek, tashqi ishlar vazirlariga uch hafta ichida Ukrainadagi otashkesimni qanday nazorat qilish mumkinligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Bundan tashqari, Makron fransuz-britan harbiy delegatyusiyasi Ukrainaga borib, mamlakat Qurolli kuchlari bilan kelajak uchun rejalar tuzishi haqida ma’lum qildi.
Tinchlikparvar kuchlar masalasiga to‘xtalar ekan, Makron ular hali shakllanish bosqichida ekanligini bildirdi. U yana bir bor tinchlikparvarlar to‘qnashuv chizig‘ida joylashtirilmasligini, balki otashkesimdan keyin "tiyib turuvchi kuch" sifatida xizmat qilishini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Туркия суд тизими мустақил эканини айтаётганларнинг барчаси "ҳақиқатни била туриб, бошини қумга тиқиб, онгли равишда бу жиноятга шерик бўлмоқда," дея таъкидлади қамоққа олинган Истанбул мери Экрем Имомўғли.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.