AQShning Yamandagi navbatdagi havo hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Bu haqda yamanlik husiylar nazoratidagi Al-Masirah telekanali xabar berdi. Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar poytaxt Sanadan janub va shimoliy hududlarga berilgan, 20 ga yaqin hujumlar qayd etilgan.
Amerika tomoni xusiylarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga uyushtirgan hujumlariga javoban mart oyi o‘rtalarida husiylarga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlagan edi. Vashington qurolli guruhni mintaqadagi xalqaro xavfsizlik va erkin savdoga putur yetkazayotganlikda ayblaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta qattiq bayonot berib, agar hujumlar to‘xtamasa, husiylarni “butunlay yo‘q qilish” bilan tahdid qilgan edi. Shunga qaramay, guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va AQSh o‘z pozisiyalariga zarba berishda davom etmoqda.
Yamandagi vaziyat nihoyatda keskinligicha qolmoqda: Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan husiylar mamlakatning katta qismini, jumladan, poytaxtni ham nazorat qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari o‘z harakatlarini xalqaro yuk tashish va Yaqin Sharqdagi barqarorlikka bevosita tahdid deb biladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Газета ўзининг журналистик суриштируви натижасида Қўшма Штатлар Украинадаги урушга аввал тахмин қилинганидан анча олдин ва чуқурроқ аралашганини қайд этди.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.