Putin Qo‘shma Shtatlarning XIX asrdayoq Grenlandiyani o‘ziga qo‘shib olishni rejalashtirib yurganini ma’lum qildi

Rossiya Prezidenti bu haqda xalqaro Arktika forumida nutq so‘zlaganida aytib o‘tdi.
Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:
◾️AQShning Grenlandiyani o‘ziga qo‘shib olish rejalari XIX asrning 60 yillaridayoq mavjud edi. Buni g‘ayrioddiy g‘oya deb hisoblash aqlsizlikdir;
◾️Grenlandiyani qo‘shib olish masalasi ikki davlatning ichki ishi bo‘lib, bizga buning hech qanday dahli yo‘q;
◾️Rossiya Arktikada hech kimga tahdid solmagan;
◾️Rossiya va butun dunyo uchun Arktikaning roli hamda ahamiyati ortib bormoqda, mintaqadagi geosiyosiy kurash ham kuchaymoqda;
◾️G‘arb mamlakatlaridagi siyosatchilar va partiya arboblari o‘z saylovchilariga ekologik kun tartibining muhimligi haqida gapirib keladilar, biroq amalda teskari yo‘l tutadilar;
◾️Biz Arktikada teng huquqli hamkorlik tarafdorimiz;
◾️Agar G‘arb davlatlari qiziqish bildirsa, Arktikada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish mumkin;
◾️Rossiyaga Arktikada o‘z savdo floti zarur;
◾️NATo’ga a’zo davlatlar ko‘pincha Arktikani kichik mojarolar uchun bir maydon sifatida ko‘rishadi, hozirda ularning askarlari Finlyandiya va Shvesiyada faol;
◾️Rossiya yangi avlod muzyorar kemalarini ishga tushirishi va bu sohada o‘z mavqeini mustahkamlashi lozim;
◾️Rossiya Federasiyasi Sharqiy poligonga o‘xshash tarzda Arktika temir yo‘l poligonini rivojlantirishi zarur;
◾️Sibirga va Uralga Transsibni yengillashtirish maqsadida Arktikaga temiryo‘l orqali chiqish imkoniyati yaratilishi lozim.