Qozog‘iston O‘zbekistonga o‘z vaksinasini taklif qildi

Qozog‘iston O‘zbekistonga o‘z vaksinasini taklif qildi

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Abduhakim Xadjibayevga O‘zbekistondagi farmasevtika korxonalaridan birida Qozog‘istonning inaktivasiyalangan QazCovid-in vaksinasini ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Yerali Tug‘janov boshchiligidagi delegasiya 4 mart kuni O‘zbekistonga xizmat safari bilan tashrif buyurdi, deb xabar qildi Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qozog‘iston hukumat delegasiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev bilan uchrashdi.

Erali Tug‘janov o‘zbekistonlik hamkasblarini Qozog‘istonning yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi tibbiyot markazlariga tashrif buyurishga, birlamchi tibbiy yordam muassasalari darajasida axborot texnologiyalarining joriy yetilishi, shuningdek, farmasevtika ishlab chiqarishi bilan tanishishga taklif qildi.

Qozog‘iston Respublikasi vaziri ikki vazirlik o‘rtasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni birgalikda ishlab chiqib, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilishni taklif qildi.

Ma’lum qilinishicha, QazCovid-in vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda, uning dastlabki samaradorligi 96% ga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!