Qozog‘iston universiteti talabasining o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Qozog‘iston universiteti talabasining o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. Qozog‘iston Respublikasi xalqlar do‘stligi universitetining 1-kurs talabasi SH.ning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi universitetlardan biriga ko‘chirib berish evaziga 15,6 mln so‘m va 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!