Qoraqalpog‘istonda 8 yoshli fojiali tarzda vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda 8 yoshli fojiali tarzda vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida to‘y paytida yo‘qolgan 8 yoshli bolaning jasadi kanalizasiya teshigidan topildi. Bu haqda ca-news.org sayti xabar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yanvar kuni Xo‘jayli shahrida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan bola onasi bilan Antakiya restoranidagi to‘yga borgan. Ko‘p o‘tmay onasi o‘g‘lining yo‘qolib qolganini bilgan. Shu kuni soat 18.30 da bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lum qilgan.

Bolaning qanday qilib teshikka tushganligi restoranning xavfsizlik kameralari tomonidan tasvirga olingan. O‘sha kuni soat 23.30 da bolaning jasadi chuqurdan chiqarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola atrof qor bo‘lganli sabab, siranib ketib teshikka tushib ketgan. Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!