Qon bosimini tekshiruvchi lekoplastir yaratildi

Qon bosimini tekshiruvchi lekoplastir yaratildi

Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan qon bosimini monitoring qiladigan lekoplastir ishlab chiqildi.

"Turon24.uz" nashrining xabar berishicha, uning ishlash prinsipi ultratovush tekshiruvining ishlashiga o‘xshaydi. Yani lekoplastir ichida ultratovush chiqaruvchi va qayd qilish imkoniyatiga ega elektronikalar bor. U teri ostidagi arterial qon bosimini, yurak-qon tomir muammolarini avvaldan aniqlashda ko‘mak beradi.

Ultratovushli lekoplastir oyoq, bo‘yin va bilak qismiga yopishtirilgan holda sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, inson harakatda bo‘lgan hamda harakatsiz holatida tekshirildi. Natija shuni ko‘rsatdiki, lekoplastir aniqlagan qon bosimi tonometr aniqlagan qon bosimidan ko‘ra aniq.

Lekoplastir orqali yurak va o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni, shuningdek, jarrohlik amaliyotida bo‘lgan bemorlarning qon bosimidagi o‘zgarishlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!