Qirg‘izistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

20 mart kuni Qirg‘izistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar soni 3 nafarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi.

“O‘sh viloyatining Nookat tumanida yana uch nafar kasallik yuqtirganlar aniqlandi”, deya ta’kidladi vazir.

O‘sh viloyatining Nookat tumanida favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Cholponbayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanganlar ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan va ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Yangi kasallanganlar bilan aloqa qilganlar aniqlanmoqda.

Joriy yilning 18 mart kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida uch kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Barcha kasallanganlar Saudiya Arabistonidan, Umra safaridan qaytgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!