Qirg‘izistonda milisiya xodimi birinchilardan ko‘chada tupurganlik uchun jarima to‘laydi

Qirg‘izistonda milisiya xodimi birinchilardan ko‘chada tupurganlik uchun jarima to‘laydi

Huquq tartibot organlari GES-5 tumanidagi ko‘chada tupurgan milisiya xodimi shaxsini aniqladi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Chuysk viloyati IIB matbuot xizmatiga tayangan holda.

Bundan avval 8 yanvar kuni tasvirga olingan video Sputnik Qirg‘izistonga yuborildi. Unda uch nafar milisiya xodimini ko‘rish mumkin. Ulardan biri ko‘chada besh marta tupurgan. Shuningdek, huquq tartibot organ xodimlari ruxsat berilmagan joyda chekishgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chuysk viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvini o‘tkazdi. Natijada milisiya xodimi shaxsi aniqlandi u post-patrul xizmati xodimi starshina M.M. ekanligi ma’lum bo‘ldi , - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston poytaxtida 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamoat joylarida tupurgan shaxslar jarimaga tortilishi haqida xabar qilingandi.

Qirg‘izistonda 2019 yil 1 yanvardan shahar obodonchilik qoidalarini buzganlik uchun katta miqdorda jarima nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida yangi kodeks amal qilishni boshlaydi , - deya xabar qilgan Bishkek shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yangi hujjatga Tupurish bandi kiritilgan. Unga ko‘ra quyidagi jarima miqdori nazarda tutilgan: jismoniy shaxslarga nisbatan 5,5 ming qirg‘iz somi (78 dollar), yuridik shaxslarga nisbatan 17 ming qirg‘iz somi (243 dollar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!