Qirg‘iziston muvaqqat prezidenti: "Islom Karimov bilan kelishish qiyin edi"

Qirg‘iziston muvaqqat prezidenti: "Islom Karimov bilan kelishish qiyin edi"

Bugun, 30 yanvar O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Quyida Islom Karimov haqida Qirg‘iziston muvaqqat prezidenti (2010—2011 yillar) Roza Otunboyevaning fikrlarini taqdim etamiz:

"Islom Karimov bugungi kunda mintaqamizdagi eng yetakchi liderlardan biri desak yanglishmagan bo‘lamiz. U ishonchli hamkor edi. O‘ylamasdan qadam bosmasdi. U bilan kelishish qiyin edi. Bitimga erishildimi, bu bitim, albatta, bajarilardi. O‘z davlati mustaqilligining mustahkamlanishi yo‘lida, o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida borini berdi.

2005 va 2010 yillarda Qirg‘iziston uchun murakkab bo‘lgan davrlarda prezident Karimovning qarori biz uchun juda muhim edi. U Qirg‘iziston vaziyatdan chiqib ketishi uchun sharoit yaratib berdi, desam aslo yanglishmagan bo‘laman.

Men islomlashtirish yo‘lidan bormagan siyosatchi bo‘lgani uchun ham Karimovdan minnatdorman. U hamisha olg‘a intilardi. U jahon kezdi. Ko‘p narsa ko‘rdi, ammo muhim tajribani qabul qildi. U mamlakat uchun o‘zbek yo‘li bo‘lmish maxsus modelni tanladi. Uning fikricha, O‘zbekiston hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil bo‘lishi kerak edi. 

Karimov o‘z atrofidagilarga boshqa siyosatchilar bilan qanday gaplashish kerakligidan saboq bergan. Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmay faol ishlagan Islom Abdug‘aniyevichdan mag‘rurlanamiz. Biz mintaqamizda shunday lider bo‘lganidan faxrlanishimiz kerak".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!