Qirg‘iziston MDH va YEOII davlatlariga migrantlar huquqlari bo‘yicha taklif berdi

Qirg‘iziston MDH va YEOII davlatlariga migrantlar huquqlari bo‘yicha taklif berdi

Qirg‘iziston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo mamlakatlarga mehnat migrantlarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bir qator amaldagi me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston ombudsmani Jamilya Jamanboyevaga tayanib xabar berdi.

“Migrantlar huquqlarini tahlil qilish ular duch keladigan asosiy qiyinchiliklarni ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan biz ularning ahvolini yaxshilashga yordam beradigan bir qator tavsiyalar ishlab chiqdik”, — dedi u Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH Inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishida.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning vakolatli organlariga chet el fuqarolarining, shu jumladan, YEOIIga a’zo davlatlardan Rossiya Federasiyasi hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini ko‘rib chiqish taklif etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!