Qirg‘iz-tojik otishmasida halok bo‘lgan 12 yoshli Madina (FOTO)

Qirg‘iz-tojik otishmasida halok bo‘lgan 12 yoshli Madina (FOTO)

Madina 12 yoshda edi

– Madina qizimni kecha yerga berdik... Ayolim bilan kichik qizim Bishkekda, kasalxonada yotishibdi...

12 yoshli Madina Raxmatjonovaning otasi Naimjon Abdulov yig‘isini to‘xtata olmadi...

Madina Laylak tumanidagi Internasional qishlog‘i Tojikiston harbiylari tomonidan minemyotlardan o‘qqa tutilgan paytda halok bo‘ldi.

-O‘sha kuni ertalab men ishga ketdim. Keyin birdan Tojikiston harbiylari qishlog‘imizga o‘q otishni boshlabdi. Xotinim bolalar bilan ko‘chaga chiqqan. O‘sha paytda uyimizning tomiga bir narsa tushib, qattiq portlabdi. Xotinim “portlashdan qulog‘im kar bo‘lib qoldi”, deb aytdi. U ikki qizimizni yetaklab qochayotgan paytda minemyotdan o‘q otishgan. Katta qizim (Madina) yiqilib qolgan. Mina xotinim va kichik qizimga ham tekkan. Xotinim yaralanganiga qaramay, kichik qizini bag‘riga bosib, katta qizimizning oldiga borishga harakat qilgan. Ammo tinimsiz o‘q otilayotgani uchun shok bo‘lib qolgan,-dedi Naimjon.

Keyinroq bu oila a’zolarini “Tez yordam” olib ketgan. Madina kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Madinaning yaralangan onasi va singlisi esa davolanish uchun Bishkekka jo‘natilgan.

Madina Raxmatjonova 28, 29, 30 aprel va 1 may kuni Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida sodir etilgan otishmaning eng yosh qurboni bo‘ldi.

Qirg‘iz-tojik otishmasida halok bo‘lgan 12 yoshli Madina (FOTO)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!