Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi

U qirg‘iz xalqiga murojaat qilib, mamlakat yaxlitligi barcha narsadan ustunligini ta’kidladi.

“Aziz vatandoshlarim! Men uchun Qirg‘izistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimizning hayotidan azizroq narsa yo‘q.

Men Qirg‘iziston tarixida qon to‘kib, o‘z fuqarolariga o‘q uzgan prezident sifatida qolishni istamayman.

Shu sababli iste’foga chiqishga qaror qildim», - deyiladi Jeenbekov murojaatida.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!