Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan fuqarolar soni qancha?

Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzgan fuqarolar soni qancha?

O‘zbekistonda karantin e’lon qilingan kundan boshlab respublikada ushbu qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 10 350 ta holat qayd qilingan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida  546 tani tashkil etadi.

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq «Nasafnews» muxbiri viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bergan ma’lumotga tayanib,  karantin paytida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzib, niqobsiz yurgani uchun javobgarlikka tortilgan fuqarolar  sonini ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan 400 nafardan ortiq fuqarolar jarimaga tortilgani aytilgandi. 

 

Manba: nnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!