Qarshidagi 2 ta korxonadan 3,5 mlrd. so‘mdan ko‘p qarzdorlik undirildi

Qarshidagi 2 ta korxonadan 3,5 mlrd. so‘mdan ko‘p qarzdorlik undirildi

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi “T.T.V.B” MCHJda o‘tgan davrda soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan 2 mlrd. 150 mln. so‘m, “Q.T.T” AJda esa 1 mlrd. 384 mln. so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan. Ammo ushbu sub’ektlar mazkur qarzdorlikni qoplashni asossiz kechiktirgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qarshi shahar DSI foydasiga tegishli mablag‘ undirilishi ta’minlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, G‘uzor va Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudlarining ijro varaqasiga asosan mazkur sub’ektlar zimmasidagi qarzdorlik majburiy tartibda undiruvga qaratilgan. Ijro hujjati MIB Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro ta’minlanmasa, korxonalar rahbarlari ularga qarashli mol-mulk auksion savdolariga chiqarilib, qarzdorlik qoplanishi haqida ogohlantirilgan. Bu kabi tushuntirishlardan so‘ng mavjud qarzdorlik to‘liq to‘lab berilgan.

Natijada ijro harakatlari to‘xtatilib, qarzdorlarga nisbatan qo‘llangan barcha cheklovlar olib tashlangan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!