Qarshi va Shahrisabzga "Afrosiyob" qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Qarshi va Shahrisabzga "Afrosiyob" qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar beradi.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishidagi tezyurar poyezd qatnovi ham bekor qilinadi. Xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!