Putin Ukraina hukumati tepasiga itoatkor odamlarni qo‘ymoqchi edi — Berluskoni

Putin Ukraina hukumati tepasiga itoatkor odamlarni qo‘ymoqchi edi — Berluskoni

Italiyaning sobiq bosh vaziri, “Vpered, Italiya” partiyasi yetakchisi Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga “itoatkor odamlar”ni joylashtirish uchun Ukrainaga bostirib kirganini aytdi. Uning so‘zlarini Politico keltirmoqda.

Italiyalik siyosatchining fikricha, Putinni “ushbu maxsus operasiyani ishlab chiqishga” mamlakat aholisi, partiya va vazirlar undagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rejaga ko‘ra, rus qo‘shinlari “bir hafta ichida [Ukraina prezidenti Vladimir] Zelenskiy hukumatini munosib odamlardan iborat hukumat bilan almashtirishga kirishishi kerak edi.

"Biroq, — deya qo‘shimcha qildi Berluskoni, — ruslar Ukraina qo‘shinlarining kutilmagan va oldindan aytib bo‘lmaydigan qarshiliklariga duch kelishdi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!