Putin telefonni nega ko‘tarmayapti?

Putin telefonni nega ko‘tarmayapti?

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko juma kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin uning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotganini aytib, arz qildi.

Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina tomonidan Kerch bo‘g‘ozida amalga oshirilgan provokasiyadan so‘ng, hodisa sababini aniqlashtirish uchun Putinga tinimsiz qo‘ng‘iroq qilgan, ammo barcha harakatlari behuda ketgan. Ukraina prezidenti bu holatni rossiyalik hamkasbining ushbu harakatlariga izoh berar ekan, aytarga gapi yo‘q bo‘lsa kerak , deb taxmin qilgan.

Putin o‘tgan yil dekabr oyi boshida Kiyev tomonidan uyushtirilgan fitnadan keyin Poroshenko unga telefon qilganini, ammo u bu qo‘ng‘iroqqa javob qaytarmaganligini aytgan.

Gap men o‘zimni tortayotganimdamas, shunchaki Petr Alekseevich bilan gaplashishni istamamayman. Gap shundaki, men uning saylov kampaniyasida ishtirok etgim yo‘q , - deya izohlagan o‘z hatti harakatlarini Putin.

Rossiya yetakchisining aytishicha, Ukraina prezidenti sun’iy tarzda inqirozli va fitnali holatlarni yaratmoqda va shu onning o‘zidayoq barcha aybni Moskvaga ag‘darmoqda, kamiga, bo‘lib o‘tgan hodisadan so‘ng yuzaga klegan muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga tirishayotganini namoyish qilmoqda .

Poroshenko po‘pisa qilishni taklif etmoqda

Meni fikrimcha Putin bilan faqat tahdid nuqtai-nazaridan gaplashish mumkin , - deb aytgan u amerika telekanaliga bergan intervyusida.

Muloqot faqatgina yetarli darajadagi kuchli global koalisiya, hamda favqulodda samarali sanksiyalar ish berganida ta’sirli bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilgan Poroshenko.

Ukraina yetakchisi AQSh Oq uyi cheklov choralari borasida hamda Ukrainaga tanklarga qarshi Javelin raketa majmuasini yetkazib berib, juda a’lo ishni amalga oshirayotganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti NATOni Qora dengizdagi ishtirokini kuchaytirishga chorlagan va Shimoliy alyans Harbiy dengiz kuchlari vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bergan bo‘lardi, deb aytgan.

Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa

O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli uchta kema Rossiya Federasiyasi hududiy dengizidagi vaqtincha yopilgan akvatoriyaga noqonuniy ravishda kirib borgan va Qora dengizdan Kerch bo‘g‘oziga qarab harakatlangan edi. Kemalar xavfli manyovrlarni amalga oshirgan va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Shundan so‘ng kemalar qo‘lga olingan, dengizchilar - qamab qo‘yilgan. Shu bilan birga Kiyev Moskvani tajovuzkorlikda ayblagan edi.

Vladimir Putin ushbu hodisani provokasiya deb atab, Rossiya chegarasini buzgan ukraina kemalari ekipajlari orasida ushbu maxsus operasiyaga rahbarlik qilgan ikki nafar Ukraina davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ham bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Qora dengizdagi provokasiya Poroshenkoning Ukraina prezidentligiga saylovlardagi past reytingi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!