Putin Qodirovni ikkinchi bor general unvoni bilan mukofotladi

Putin Qodirovni ikkinchi bor general unvoni bilan mukofotladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvonini berdi, bundan olti oy oldin viloyat rahbari general-leytenant unvonini olgandi. Bu haqda Checheniston rahbari o‘zining telegram-kanalida ma’lum qilgan.

"Sizlar bilan yana bir xushxabarni baham ko‘rmoqchiman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709-son bilan chiqarilgan. Bu haqda Vladimir Vladimirovich shaxsan menga xabar berdi va tabrikladi", - deya aytib o‘tadi u.

Shuningdek, Qodirov Putinga xizmatlarini yuqori baholagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

"Bu men uchun katta sharaf", - deydi u va oldindan bildirilgan ishonchni oqlashga va’da berib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!