PSJ Neymarni faqat bitta shart bilan «Barselona»ga qo‘yib yuboradi

PSJ Neymarni faqat bitta shart bilan «Barselona»ga qo‘yib yuboradi

«Barselona» PSJ bilan Neymar transferi borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bordi.

Xabar berilishicha, ikkala tomon ham shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. PSJ Filippe Koutinyo hamda 100 million yevrolik variantni rad etdi. Klub Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.

Parij klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel avvalroq Dembele bilan Dortmundning «Borussiya» klubida birga ishlagandi. U futbolchini juda qadrlaydi va uni jamoada ko‘rishni istayapti.

Dastlab «Barselona» Dembeleni sotishni istamayotgandi, biroq klub rahbariyati bu taklifga rozi ekanligini hamda ushbu variantni ko‘rib chiqishini bildirdi. Dembelening o‘zi ham Parij klubiga o‘tishga qarshi emas.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!