Prezident rahbarlarni koronavirus bo‘yicha haqiqiy holatni yashirmaslik haqida ogohlantirdi

Prezident rahbarlarni koronavirus bo‘yicha haqiqiy holatni yashirmaslik haqida ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida haqiqiy holatni yashirishga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Prezident videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Joriy haftada kuniga o‘rtacha 370 ta yangi bemor aniqlangani, bu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishi qayd etildi. 
Rahbarlar haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirildi, temir intizomni ta’minlash zarurligi aytildi. 
Ko‘makka muhtoj oilalarga moddiy yordam yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!