Poroshenkoni Zelenskiyga hokimiyatni silliq topshirishga chaqirishmoqda

Poroshenkoni Zelenskiyga hokimiyatni silliq topshirishga chaqirishmoqda

Katta yettilik (G7) davlatlari vakillari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni hokimiyatni yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyga topshirishga chaqirishdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Qayd etilishicha, Pyotr Poroshenkoning G7 va Yevropa ittifoqi davlatlari elchilari bilan uchrashuvida uning prezidentligi davomida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari muhokama qilingan.

G7 elchilari hokimiyatning silliq topshirilishiga chaqirishdi, bu Ukrainaga u tanlagan islohotlar yo‘lini davom ettirishga imkon beradi , - deyiladi xabarda.

Poroshenkoning matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, G7 vakillari prezident saylovlari yuqori darajada o‘tkazilganini ta’kidlashgan.

Avvalroq Ukraina Oliy radasining tartib-qoida masalalari bo‘yicha qo‘mitasi Zelenskiyning inaugurasiyasi sanasiga doir 7 ta loyihani ko‘rib chiqqan va parlamentni ulardan har biri bo‘yicha ovoz berishga chorlagan. Yangi saylangan prezident Zelenskiyning o‘zi esa inaugurasiyasi 19 may kuni o‘tishini talab qilmoqda.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.

Qonunga binoan yangi davlat rahbarining inaugurasiyasi 3 iyunga qadar bo‘lib o‘tishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!