Polsha AQShdan 47 ta Abrams tanklarini qabul qilib oldi

Polsha AQShdan 47 ta Abrams tanklarini qabul qilib oldi

Polsha Abrams tanklarining so‘nggi partiyasini 2023 yil yanvarida imzolangan shartnomaga ko‘ra AQShdan qabul qilib oldi.

Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari ma’lum qildi.

“O‘tgan yilning yanvar oyida Polsha Respublikasi Qurolli kuchlari uchun sotib olingan 47 ta Abrams tanki belgilangan muddatda yetkazib berildi”, — deyiladi xabarda.

2023 yil yanvar oyida Polsha Milliy mudofaa vazirligi AQShdan 116 ta Abrams tankini sotib olgandi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Polsha rasmiylari Amerika tomoni bilan 2025—2026 yillarda 250 ta modernizasiya qilingan Abrams tanklarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!