Pokistonda suv toshqini yuz berdi. Qurbonlar 50 nafardan oshdi

Pokistonda suv toshqini yuz berdi. Qurbonlar 50 nafardan oshdi

Pokistonda yuz bergan suv toshqini oqibatida eng kamida 57 kishi vafot etdi. Mamlakatning Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi bergan ma’lumotiga ko‘ra, jala quyishi uch kundan beri to‘xtagani yo‘q.

Haybar-Paxtunxvada 19 kishi, Sindxada 12, Panjobda 8 va Gilgit-Baltistanda 10 kishi halok bo‘ldi. 

Mahalliy OAVda e’lon qilingan axborotga ko‘ra, Belujistonda toshqin natijasida sakkiz kishi vafot etgan. 

Shuningdek, Sindxa va Belujistonda ko‘plab uylarga ham zarar yetdi. Meteorologlar yomg‘ir joriy haftada ham davom etishidan ogohlantirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!