Peterburgda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi

Peterburgda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi

Peterburgdagi janjal vaqtida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 19 may kuni soat 23 da 27 uy oldida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik fuqarolar Ravon va Chevrolet mashinasida kelgan odamlar bilan janjallashgan. Bahs kafeda boshlangan, keyin esa ko‘chada davom etgan. To‘rt nafar O‘zbekistonlik fuqaroni pichoqlagan mushtumzo‘rlar qochib ketishgan.

Davlat raqamlariga ko‘ra, birinchi mashina peterburgliklarga, Dog‘iston fuqarolariga, ikkinchi mashina esa Moskvada yashaydigan kavkazliklarga tegishli ekanligi aniqlandi.

Pichoqlanganlar orasida 32 va 33 yoshli aka-ukalar ham bor. Jarohatlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. Voqea bo‘yicha qidiruv va tekshiruv ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!