Peskov Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi so‘zlariga fikr bildirdi

Peskov Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi so‘zlariga fikr bildirdi

“Rossiya O‘zbekistonda davlat to‘ntarishiga urinish xavfi bor yoki yo‘qligini muhokama qilishda ishtirok etmayapti, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi”, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT yig‘ilishida tashkilot davlatlari Qozog‘istondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytdi. U O‘zbekiston bu holatga alohida e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidlagan. Uning iddaosiga ko‘ra, shunday deyish imkonini beruvchi operativ ma’lumotlar mavjud emish.

Peskov “Kreml Lukashenkoning mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarini qo‘llab-quvvatlayaptimi, O‘zbekiston va O‘zbekiston rahbariyatiga maslahatlar, tavsiyalar berilyaptimi?” – degan savolga javob berar ekan, “To‘g‘risi, bu Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot mavzusi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz bu ishda ishtirok etmaymiz”, — deb javob bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!