Peruda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Peruda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Peruda yo‘lovchi avtobusining jarlikka tushib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida yana 25 kishi jarohat olgan.

Ta’kidlanishicha, avtohalokat Peruning Ankash departamentida yuz berdi, avtobus yo‘ldan chiqib ketgan va 100 metr balandlikdan jarlikka qulagan.

Ayni paytda polisiya bu hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!