Paxtaobodda tomorqasida 1162 tup ko‘knori parvarishlayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Paxtaobodda tomorqasida 1162 tup ko‘knori parvarishlayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan keng qamrovli ishlar ko‘lami yildan-yilga ortib bormoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, joylarda salbiy holatlar hanuz uchrab turibdi. Jumladan, tomorqasida ko‘knori yetishtirib, “zahri qotil” saqlayotganlarning haliyam mavjudligi achinarli, albatta.

Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro Nusratbek Odilov (surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli ism-shariflar o‘zgartirildi) ham hovlisidagi 300 metr kvadrat maydonga 1162 tup ko‘knorini ekib, astoydil parvarishlayotganligi oydinlashdi. Bundan tashqari, xonadonidan 22 dona quritilgan ko‘knori mevasi topildi.

Xo‘sh, giyohvandlikning borar manzili o‘lim bilan yakun topishi hammaga ma’lum bir zamonda fuqaro bunday qaltis ishga nega qo‘l urdi? Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari bu kabi savollarga oydinlik kiritishi, tabiiy.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!