"Paxtakor" Turkmaniston jamoasi bilan safarda durang o‘ynadi

"Paxtakor" Turkmaniston jamoasi bilan safarda durang o‘ynadi

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosiqichining 4-tur o‘yinida "Axal" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlab mezbonlarning goliga Alibek Abdurahmonov 81-daqiqada mualliflik qildi. Vakillarimizdan Hojimat Erkinov 90+5-daqiqada muvozanatni tikladi.

68-daqiqada Odil Hamrobekov umuman keraksiz vaziyatda raqibga juda qo‘pol o‘ynagani sabab to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydondan chetlatildi.

"Paxtakor" 4 ochko bilan guruhda 2-o‘rinda, "Axal" hisobida ham 4 ochko mavjud. Ular 3-pog‘onada.

OCHL, 4-tur

"Ahal" (Turkmaniston) – "Paxtakor" (O‘zbekiston) - 1:1

7 noyabr, 2023 yil. Ashxobod. "Ashxobod" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam: Muhammad Nazmi bin Nasaruddin (Malayziya).

Gollar: Alibek Abdurahmonov 81, - 1:0 (Hakmuhammet Bashimov). Hojimat Erkinov 90+5, - 1:1 (Dilshod Saitov).

"Ahal": 96.Rahat Japarov, 3.Shuhrat Soyunov, 5.Hakmuhammet Bashimov, 7.Meylis Diniyev, 8.Adilbek Ravshanov (18.Salim Umarov, 82), 9.Gurban Annayev (11.Dayanch Meredov, 62), 10.Elman Tagayev, 27.Yazqilich Gurbanov, 30.Alibek Abdurahmonov, 71.Ategeldi Geldiyev, 98.Dovran Hojamammedov.

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 10.Dragan Cheran (19.Pshemislav Banashak, 73), 20.Hojimat Erkinov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 28.Diyor Xolmatov, 34.Farruh Sayfiyev, 77.Dilshod Saitov, 88.Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Shuhrat Soyunov 33, Yazqilich Gurbanov 44, Shahzod Azmiddinov 49.

Chetlatish: Odiljon Hamrobekov 65.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!