Pavel Durov ariza topshirdi: Telegram kompaniyasini tugatiladi

Pavel Durov ariza topshirdi: Telegram kompaniyasini tugatiladi

Telegram messenjerini ishlab chiqqan Pavel Durov Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatishga qaror qildi va bu haqda ariza topshirdi.

Mazkur ariza Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reestrida e’lon qilingan.

Durov arizani 2018 yil 19 dekabr kuni imzolangan, reestr saytida esa 2019 yil 4 yanvarda paydo bo‘ldi.

Faqat messenjer ro‘yxatga olingan yuridik tuzilmalardan biri tugatilishi mumkin. Ushbu qaror sabablari ma’lum qilinmagan. Lekin mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi tuzilmasining o‘zgartirilishi mumkinligi va bo‘lib o‘tadigan Brexit bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 16 aprel kuni Roskomnadzor FXXga shifrlash kalitlarini bermagan Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklab qo‘yishni talaba qilgan edi. Telegram asoschisi Pavel Durov esa shifrlash kalitlari doimo o‘zgarib turishi tufayli uni hukumatga taqdim etishning iloji yo‘q degan edi.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!