Paralimpiada-2020. Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Paralimpiada-2020. Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston jamoasi vakili para-engil atletikachi Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, delegasiya hisobiga navbatdagi oltin medalni yozib qo‘ydi.

Paraatlet (klass F35) yadro uloqtirish dasturida 16,13 metr natijani qayd etib, 8 nafar sportchi orasida g‘olib bo‘ldi.

Kumush medalni Agrentina vakili Ernan Emanuel Urra (15,9 m), bronza medalni esa Xitoy vakili Fu Sinxan (15,41 m) qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi urinishdan avval Ernan Urra (oltinchi urinishda ham eng yaxshi natija ko‘rsatgan) Norbekovdan oldinda edi, biroq o‘zbekistonlik sportchi raqibidan g‘alabani tortib oldi.

O‘zbekiston delegasiyasi 16 ta (6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) medal bilan umumjamoa hisobida 16 o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!