Ozoda Nursaidovaning konsertiga chipta olib qo‘ygan fuqaroga pullari qaytarildi

Ozoda Nursaidovaning konsertiga chipta olib qo‘ygan fuqaroga pullari qaytarildi

Iste’molchi F.A. joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassasidan xonanda Ozoda Nursaidovaning yakkaxon konserti uchun 4 ta chipta xarid qilib, unga 600 000 so‘m to‘ladi. Ammo pandemiya sharoiti tufayli 8 aprel kuni o‘tkazilishi rejlashtirilgan mazkur konsert qoldirildi.

Iste’molchi uni pulini qaytarib olishda birmuncha qiyin ahvolga tushdi: “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassasi yopilgan, shu sababli pulini qayerdan olishni bilmay qoldi.

Shundan so‘ng Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ishonch telefoniga murojaatini qoldirdi, deya xabar bermoqda Agentlik.

Murojaat Agentlikning Toshkent shahar hududiy tuzilmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Chipta uchun to‘langan pul mablag‘lari “Ozoda-Nur” MCHJ tomonidan iste’molchining plastik kartochkasiga to‘liq o‘tkazib berilishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan, tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘yish munosabati bilan iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim, deyiladi xabarda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!