Ozarbayjon va Eron chegarasida qurolli hodisa yuz berdi: qurbonlar bor

Ozarbayjon va Eron chegarasida qurolli hodisa yuz berdi: qurbonlar bor

Ozarbayjon va Eron chegarasida qurolli hodisa yuz berdi: ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi.

Bu haqda 24 iyul, chorshanba kuni Ozarbayjon Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

“24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat chegara xizmati chegara qo‘shinlarining «Geytepe» chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, qurolli qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan”, — deyiladi Davlat chegara xizmati xabarida.

«Qurolli hodisa natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma natijasida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati oldi», — deyiladi xabarda.

Hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida 10 kg 882 gr narkotik moddasi, tungi ko‘rish moslamasi, 12 mm kalibrli miltiq, gilzalar va patronlar aniqlandi. Voqea joyiga Eron chegarachilari ham yetib kelgan. Hozirda prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!