Oylab maosh ololmayotgan afg‘on shifokorlari namoyishga chiqdi

Oylab maosh ololmayotgan afg‘on shifokorlari namoyishga chiqdi

Samangon va Nuriston viloyatlaridan kelgan yuzlab shifokorlar BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi binosi oldiga yig‘ilib, Jahon bankidan 14 oydan beri berilmayotgan maoshlari to‘lanishini talab qildi.

Khaama Press xabarida aytilishicha, shifokorlar kasalxonalarda dori-darmon nihoyatda yetishmayotganidan ham shikoyat qilgan. Ular Jahon bankidan pullarni Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki biror nodavlat tashkilot orqali yuborishni, chunki «Tolibon» harakatining Jahon banki bilan aloqasi yo‘qligini aytishdi.

Agar maoshlari to‘lanmasa, shifokorlar norozilik namoyishini davom ettirish niyatida.

Ular Jahon bankining Afg‘onistondagi pudratchisi Asad Fayozni bank ajratgan pullarni o‘g‘irlab, xorijga qochib ketishda aybladi. «U Samangon va Nuriston viloyatlarida onalar va bolalar o‘limining ortishiga sababchi bo‘lgan korrupsion firmani boshqargan», – dedi shifokorlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!