Ortiqxo‘jayev koronavirus bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazdi

Ortiqxo‘jayev koronavirus bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev boshchiligida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab a’zolari qatnashdilar.

Yig‘ilishda so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shahrimizning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta’lim maskanlari, shuningdek, aholi ko‘p to‘planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Poytaxtimiz hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiyena tartib qoidalariga aholi tomonidan to‘liq rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida Shtabning tegishli qarori qabul qilindi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!