Oq amerikaliklar tiz cho‘kib, yillar davomidagi irqchilik uchun uzr so‘rashdi (video)

Oq amerikaliklar tiz cho‘kib, yillar davomidagi irqchilik uchun uzr so‘rashdi (video)

Xyuston (AQSh) aholisi 31-may, yakshanba kuni qattiq hibsdan keyin vafot etgan qora tanli Jorj Floydning oilasi uchun ibodat qilish maqsadida yig‘ilishdi.

Ibodat paytida oq tanli amerikaliklar tiz cho‘kib, irqchilik yillari uchun uzr so‘rashdi. Bunga javoban mamlakatning qora tanli vakillari ham tiz cho‘kib, kechirganlik ishorasini ko‘rsatishdi va birgalikda ibodat qilishdi.

Amerika shaharlaridagi tartibsizliklar shafqatsiz hibsdan keyin vafot etgan qora tanli soqchi Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlandi. Polisiyaning o‘zboshimchaliklariga qarshi chiqishlar, xususan, Los-Anjeles, San-Fransisko, Denver, Nyu-York, Indianapolis, Boston, Detroytda avj oldi. Hukumatning ta’kidlashicha, polisiya bilan to‘qnashuvlar yoki huquq-tartibot idoralariga tahdidlar ichki terrorchilik aktlari sifatida qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!