OAV: Ukrain dori vositalari O‘zbekistonga kiritilmayapti. Bu Hukumatning Ukrainaga javobimi?

OAV: Ukrain dori vositalari O‘zbekistonga kiritilmayapti. Bu Hukumatning Ukrainaga javobimi?
Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlashmasiga (TMSITB)ga ko‘ra O‘zbekiston ukrain framasevtika mahsulotlarini mamlakatga kiritmay qo‘ydi.

Birlashmaning ta’kidlashicha, so‘nggi haftalar davomida bojxonada turgan farmasevtika mahsulotlari tekshirilmayapti. O‘zbekiston Davlat bojxona xizmati ham mazkur holat yuzasidan hech qanday izoh bermayapti.

TMSITB ushbu vaziyat yuzasidan mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari - Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi. Birlashma vazir masalaga aralashishi va yechim topish maqsadida amaliy yig‘ilish o‘tkazishini istayapti.

Ukraina TMSITB taxminiga ko‘ra, bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni to‘xtatilishi O‘zbekiston hukumatining Ukrainada O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan surishtiruv boshlanganiga javobidir.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada o‘zbek yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruv ishlari boshlangach, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Quyi palatasining ikki deputati Rasul Kusherbayev va Abdurashid Abduqodirov Ukrainaga nisbatan chora ko‘rish kerakligi haqida fikr bildirgandi.
 
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!