OAV: Tadbirkor Jahongir Umarovni Toshkent shahar IIBB xodimlari kaltakladi

OAV:  Tadbirkor Jahongir Umarovni Toshkent shahar IIBB xodimlari kaltakladi

Toshkent shahar IIBB tomonidan tadbirkor Jahongir Umarovning qo‘lidagi ko‘karish izlari u qo‘lga olingunga qadar bo‘lganligini ma’lum qildi hamda u IIBB xodimlari tomonidan kaltaklanmagani aytilmoqda.

Xorijiy internet nashrlari orqali “Integral invest” rahbari hisoblangan tadbirkor Jahongir Umarov narkotik moddalarni noqonuniy saqlashda ayblanib Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani va uning qiynoqlarga solingani xabar qilingan edi.

1500 nafar ishchi faoliyat olib boradigan korxonasining ofisida qo‘lga olingan tadbirkorning xotiniga ko‘ra, uning yoniga 0.9 gramm opiy ataylab IIBB xodimlari tomonidan solib qo‘yilgan. Nigora Umarovaga ko‘ra, uning eri narkotik moddalar bilan umuman qiziqmagan. Toshkent shahar IIBB esa dastavval uning erini narkotik modda iste’mol qilishda va keyinchalik tarqatishda ayblagan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra esa, vazni 10,22 gramm.opiy moddasi bilan Jahongir Umarov o‘z ishxonasida qo‘lga olingan. Shu voqea ortidan esa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2 qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, aynan unga nisbatan qo‘lga olish jarayonida uning tana qismida ko‘karish vat an jarohati izlari bo‘lganligi ham alohida ta’kidlangan.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!