Nur-Sultonda maktab o‘quvchilari uchun avtobuslar tekin bo‘ldi

Nur-Sultonda maktab o‘quvchilari uchun avtobuslar tekin bo‘ldi

Qozog‘iston poytaxtida balog‘at yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi avtobus yo‘nalishlarida bepul yurishi mumkin. Bu haqda «CTS» MCHJ rahbari Bekmirza Igenberdinov ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

«28 martdan e’tiboran balog‘at yoshiga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yurishadi. Shunday qarorga keldik», - dedi kompaniya boshqaruv raisi Bekmirza Igenberdinov. 

Uning aytishicha, ayni paytda shahar jamoat transportida har kuni 130 ming o‘quvchi maktabga boradi. 

«Tashuvchi korxonalar uchun bu imtiyoz o‘rta hisobga bir oyda 30 million zarar keltirishi mumkin. Ustiga ustak, ularga buning uchun subsidiya ajratilmaydi. Maslixat bilan, hokimiyat bilan birgalikda zararning o‘rnini qoplash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz», - dedi kompaniya rahbari.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!