Norvegiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan uch nafar shifokor shifoxonaga yotqizildi

Norvegiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan uch nafar shifokor shifoxonaga yotqizildi

Norvegiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan uch nafar shifokor tromblar hosil bo‘lishi sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Aftenposten nashri xabar bermoqda.

Norvegiya dori vositalari agentligining bildirishicha, ushbu vaksina bilan emlangan bir necha kishida jiddiy yoki sezilarli bo‘lmagan qon ketishlar yuz bergani haqida ham ma’lumotlar bor.

«Bu trombositlar miqdori kamayishi belgisi bo‘lishi mumkin», — dedi agentlik vakili Sigurd Xortemo.

Avvalroq Xorvatiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 91 yoshli ayol o‘pka tromboemboliyasidan vafot etgani ma’lum qilingandi.

Daniya, Norvegiya, Avstriya, Italiya, Islandiya payshanba kuni vaksinadan foydalanishni to‘xtatdi, juma kuni Tailandda emlash kampaniyasi kechiktirilgani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!