Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosida Farg‘ona vodiysi yetakchilik qilmoqda

Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosida Farg‘ona vodiysi yetakchilik qilmoqda

Ayni damda O‘zbekiston bo‘yicha noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosida Farg‘ona vodiysining ulushi 30,1 foizni tashkil qiladi. Tasavvur qilishingiz uchun, bu deyarli 1/3 O‘zbekiston degani. Bu reytingda 47,8 foiz bilan Namangan viloyati birinchi, 35,4 foiz bilan Farg‘ona ikkinchi va 31,9 foizga ega Qo‘qon uchinchi o‘rinni egallasa, ro‘yxatni Andijon (19,1 foiz) yakunlaydi.

Mamlakatning boshqa hududlarida ham vaziyat ancha yomon. Mmsol uchun, yaqinda Bosh prokuratura xodimlari va IIV vakillari birgalikda o‘tkazgan reydda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida chet elda ishlab chiqarilgan, aksiz markasi va belgilangan namunadagi markirovkasi bo‘lmagan 2 215 quti sigaret musodara qilindi. Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 1 850 quti noqonuniy «Milano» va «Esse Change» markali sigaretlarni sotishga uringan tadbirkorlar qo‘lga oldi. Poytaxtda ham bu holatlar ro‘y beryapti. Masalan, Yakkasaroy tumanida aksiz markasi va belgilangan namunadagi markirovkasi bo‘lmagan 1 198 kontrabanda tamaki mahsulotlari qo‘lga olinib, musodara qilindi.

Xo‘sh, noqonuniy tamaki kontrabandasiga qarshi qanday kurashish kerak degan savol tug‘iladi. Avvalo qonun ustuvor, jazo muqarrar va keskin bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, o‘zimiz ham bunday qonunbuzarliklarga guvoh bo‘ldikmi, tezlik bilan tegishli organlarga xabar berishimiz kerak. Chunki bu hammamizning muammomiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!