Amerika Kubogi—2024 turnirining yarim finalchilari aniqlandi

Amerika Kubogi—2024 turnirining yarim finalchilari aniqlandi

Futbol bo‘yicha Amerika Kubogining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Braziliya Urugvayga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilarda urugvayliklarning qo‘li baland keldi va Braziliya musobaqani tark etdi.

Yana bir chorak final bahsida Kolumbiya Panamani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Kolumbiya tarkibida gollarni Kordoba, Xames, Dias, Rios hamda Borxalar urdi.

Shu tariqa 2024 yilgi Amerika Kubogi yarim finalchilari aniq bo‘ldi. Yarim finalda Argentina Kanadaga qarshi (10 iyul), Urugvay esa Kolumbiyaga qarshi (11 iyul) maydonga tushadi.

Amerika Kubogi—2024

Chorak final

7 iyul, yakshanba

Urugvay — Braziliya 0:0

Penaltilar seriyasi: 4:2

Urugvay: Rochet, Olivera, Arauxo (Ximenes, 33), Vinya (Kaseres, 46), Valverde, de la Krus (Bentankur, 67), Ugarte, Arauxo, Pelistri (Varela, 78), Nandes, Nunyes (de Arraskaeta, 78).

Braziliya: Alisson, Danilo, Markinyos, Militao, Arana, Lukas Paketa (Duglas Luis, 81), Bruno Gimaraes (Evanilson, 87), Gomes (Pereyra, 81), Rafinya (Savio, 82), Rodrigo (Martinelli, 87), Endrik.

Ogohlantirishlar: Lukas Paketa (39), Ugarte (51), de la Krus (60), Gomes (64).

Chetlatish: Nandes (74).

Kolumbiya — Panama 5:0

Gollar: 1:0 – 8 Kordoba, 2:0 – 15 Xames (penalti), 3:0 – 41 Dias, 4:0 – 70 Rios, 5:0 – 90+4 Borxa (penalti).

Kolumbiya: Vargas, Munyos (Aryas, 73), Sanches, Kuesta, Moxika, Uribe, Aryas (Karraskal, 66), Rios, Xames (Kintero, 73), Dias (Sinisterra, 65), Kordoba (Borxa, 79).

Panama: Moskera, Blekmen (Gerrero, 46), Murilyo, Miller (Xarvi, 46), Kordoba, Farinya, Devis (Valensiya, 83), Kristian Martines (Ayyarsa, 62), Uelsh, Faxardo (Dias, 85), Barsenas.

Ogohlantirishlar: Uribe (45), Uelsh (54), Farinya (64), Kordoba (90+2).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!