Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

“Toshkent” aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 19:44 da noqulay ob-havo sharoiti (yomg‘ir, aerodrom ustida momaqaldiroq) tufayli havo kemalarining qo‘nishi va uchishiga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Xususan, bortida 183 yo‘lovchi bo‘lgan Sankt-Peterburg - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY-634 reysi, Myunxen - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchgan va bortida 116 yo‘lovchi bo‘lgan HY-236 reyslari Samarqand aeroportiga qo‘ndi.

Shuningdek, uchta yuk reyslari muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. HY-3124 Budapesht-Toshkent reysi Navoiyga, AZG-6941 Boku – Toshkent reysi Namangan aeroportiga, MFX-656 Urumchi - Toshkent reysi Samarqandga qo‘ndi.

Ayni damda Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti barqarorlashdi. O‘rnatilgan cheklovlar olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!