Nogiron odamlar yong‘indan qutqarildi

Nogiron odamlar yong‘indan qutqarildi

Kuni kecha Navoiy shahridagi Bunyodkorlar ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in chiqqan 8/5A uyda 1949 yilda tug‘ilgan 1-gurux nogironi N.R, 8/4A uyda 1958 yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi A.X. va 1981 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi S.X.lar istiqomat qilgan.  
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmlari yong‘in haqida xabar kelib tushgach 5 daqiqada yetib borgan.

Ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in zudlik bilan o‘chirilgan. Nogiron shaxslar yong‘in o‘chiruvchilari tomonidan tezkorlik bilan qutqarilgani sababli tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘inga to‘rtta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Yong‘in oqibatida 8/4A uyning 30 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 8/5A-uyning 20 kv.metr maydonda va 6A-uyning 18 kv.metr maydonda tom qismi yonib zaralangan.

Yong‘in sababi aniqlanmoqda va ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!