Niagara viloyatida noyob quyosh tutilishi hodisasi oldidan favqulodda holat e’lon qilindi

Niagara viloyatida noyob quyosh tutilishi hodisasi oldidan favqulodda holat e’lon qilindi

Kanadaning Niagara viloyatida 8 aprel kuni sodir bo‘ladigan kamdan-kam uchraydigan quyosh tutilishi arafasida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Niagara viloyati mintaqa raisi Jim Bredli 28 mart kuni bergan bayonotida o‘ta ehtiyotkor bo‘lish maqsadida favqulodda holat e’lon qilgani aytilgan.

Favqulodda holat e’lon qilinishi aholi hamda tashrif buyuruvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, muhim infratuzilmamizni har qanday vaziyatda himoya qilish uchun mintaqada mavjud bo‘lgan xavfsizlikni kuchaytiradi, — deyiladi Niagara viloyati matbuot relizida.

Kanada—AQSh chegarasidagi sharshara quyosh tutilishi yo‘lida joylashgan. Ko‘plab odamlar Shimoliy Amerikaning tabiiy mo‘jizalaridan birida bu hodisani guvohi bo‘lish uchun mehmonxonalar to‘lovi va ijaraga oldindan pul sarflamoqda.

Ontario meri Jim Diodati quyosh tutilishi paytida Kanada tomonida eng ko‘p olomon bo‘lishini aytgan. Diodatining hisob-kitoblariga ko‘ra, u yerda odatda yil davomida tashrif buyuruvchilar 14 million nafarni tashkil qilsa, quyosh tutilish kunlarida bir milliongacha yetishi mumkin.

8 aprel kuni Niagara viloyati yo‘llarda harakatlanishni cheklash maqsadida o‘zining ba’zi dasturlari va xizmatlarini o‘zgartiradi hamda ayrim ob’ektlarni yopadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!