Nega qahvadan keyin suv ichish kerak?

Nega qahvadan keyin suv ichish kerak?

Organizmda suv balansini saqlash uchun qahvani suv bilan ichish tavsiya etiladi. Har bir finjon qahva bilan taqdim etiladigan ichimlik suvining yana 4 vazifasi bor. Bular:

- reseptorlarni tozalaydi;

- qon bosimi keskin ko‘tarilishining oldini oladi, tanada kofein konsentrasiyasini kamaytiradi.

Ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lganlar qahvadan keyin suv ichishni odat qilishlari zarur;

- tish emalini oqartiradi. Qahva pigmentlari tish yuzasiga o‘rnashib ulgurmasdan ularni bartaraf etadi;

- qahva oshqozonda xlorid kislotasi miqdorini oshirsa, suv bu jarayonni tartibga solib, oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jig‘ildon qaynashining oldini oladi.

Qahva, shuningdek, qon bosimini oshirish, peshob haydash va chanqoqlik keltirib chiqarish xususiyatiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!