“Nega bu ayolga yordam bermayapsiz? Domla sha’riy nikohni FHDYo guvohnomasisiz o‘qidimi?”

“Nega bu ayolga yordam bermayapsiz? Domla sha’riy nikohni FHDYo guvohnomasisiz o‘qidimi?”

Oqdaryo tumanida yashovchi Noila (shartli ism) opa qizini uzatganiga 3 oy bo‘lsa-da, hanuzgacha FHDYodan o‘tmaganini aytadi. Qizi va kuyovi 3 oy oldin FHDYoga ariza berib, do‘xtir ko‘rigidan o‘tishgan, ammo qaynona kelinni olgach, ularni FHDYoga yubormagan. Noila opa bu haqda o‘zi yashayotgan va qizining tushgan mahallasiga borib ma’lum qilgan va yordam so‘ragan. Afsuski, biror amaliy ko‘mak ololmagan. 
Bu masalada “Oqdaryo tumani Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qiling”, deya yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdim. Ammo u “Mutasaddilar menga ta’na qilib, ko‘zimni ochirishmaydi”, deya ta’kidladi. 

Ertasi kuni esa tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga uchrashib, menga qo‘ng‘iroq qilib opa bilan gaplashtirdi. U kishidan “Nega bu ayolga yordam bermayapsiz? Domla sha’riy nikohni FHDYo guvohnomasisiz o‘qidimi?” deya so‘radim. Opa gaplarimni eshitib, 3 kun ichida bu masalani hal qilib berishini aytdi. Go‘shakni qo‘ygach, raisa Noila opaga “Nega bu jurnalist bilan meni gaplashtirdingiz? Olsa, kursimni oladi-da, boshqa nima qilardi? Bundan keyin menga telefoningizni tutib, har xil odamlar bilan gaplashtirib, vaqtimni olmang”, deya o‘shqiribdi. 

Afsuski oradan 20 kun o‘tsa-da, Xotin-qizlar qo‘mitasi jim. Noila opa bo‘lsa, ko‘zida yosh bilan menga raisga yana uchrashganini, u esa “FHDYoga boring“, deya ayolni sarson-sargardon qilayotganini aytdi. Qizi betob bo‘lgan ekan, onaizor darhol qizini olib kelib, tekshiruvlardan o‘tkazib, qaynonasinikiga jo‘natibdi. Qaynona esa uni so‘roqsiz uydan ketib qolganlikda ayblab, kelinini uyidan haydabdi. Noila opaga qo‘ng‘iroq qilib, narsalarini olib ketishini, qizini kelin qilmasligini aytibdi. 

Bu oilaning buzilib ketishiga kim sababchi? Nima uchun tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bu ishga panja orasidan qarayapti? Mahalla oqsoqollari-chi? Noila opa guldek qizining baxtsizligiga kuyib o‘tirsinmi? Oqdaryo tumanidagi ayrim mutasaddilar faqatgina xo‘jako‘rsinga ishlaydimi? Bu oilaning xotirjamligini kim qaytarib beradi? 

Xonbibi Himmat qizi, jurnalist

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!