Nega ayrim shifokorlar reseptlarni umuman tushunarsiz va "gajak" qilib yozadi?

Nega ayrim shifokorlar reseptlarni umuman tushunarsiz va "gajak" qilib yozadi?

Reseptdagi yozuvlarni faqat "dorixona"chi tushunishini hisobga olsak, bu o‘zaro hamkorlik qilish uchunmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi 4438-son qaroriga muvofiq:

Mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar tibbiyot tashkilotlarida bemorga reseptli dori vositalarini belgilangan tartibda reseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 121-son (ro‘yxat raqami 3277-son 01.07.2020) buyrug‘iga muvofiq:

Reseptda shifokorning farmasevt xodimga dori vositasining:

xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa davlat tilida ko‘rsatilishi shart.

Zarur hollarda malakali tarjimani ta’minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi lozim.

Reseptda «Ichish uchun», «Ma’lum», «Qoida tariqasida» va boshqa shu kabi qisqartma so‘zlardan foydalanish man etiladi.

Reseptda ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

Reseptda tayinlangan dori vositasi bo‘yicha tushunmovchilik kelib chiqqan hollarda, reseptda ko‘rsatilgan shifokorning telefon raqami orqali shifokor bilan bog‘lanib aniqlik kiritilishi mumkin.

Reseptda bitta dori vositasi yoziladi. Ruxsat etilgan asosiy reseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin.

Resept bemorni davolanishi uchun kerakli miqdorda beriladi. Kattiq va sochiluvchan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi. Resept shifokor imzosi uning shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.

Dori vositalari berilgandan keyin resept dorixonada qoldiriladi, resept yirtma koreshoglari rasmiylashtirib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!