Navoiyda Lacetti ikki piyodani urib yubordi

Navoiyda Lacetti ikki piyodani urib yubordi

IIV YHXX Navoiy viloyatida ikki nafar piyodani urib yuborgan Lacetti to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 15 noyabr kuni soat 17:50 larda Navoiy shahri Imom al-Buxoriy ko‘chasida 35 yoshli haydovchi X.A. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni piyoda kesib o‘tayotgan A.A. va B.B.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodalar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!