Navoiyda IIB va Milliy gvardiya xodimlari 1 yoshli qizaloq hayoti saqlab qoldi

Navoiyda IIB va Milliy gvardiya xodimlari 1 yoshli qizaloq hayoti saqlab qoldi

3 aprel kuni kech soat 9 lar atrofida Karmana tumanidan Navoiy shahri hududiga o‘tuvchi muvaqqat postda viloyat markazi tomon harakatlanib kelayotgan yengil mashina tungi navbatchilikda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB 1-otryad safdor xodimi Ravshan Azizov hamda Milliy gvardiya xodimi Hojiakbar Boltaboyevlarning diqqatini tortgan.

Mashina xodimlar tomonidan to‘xtatilganda, fuqaro Latif Yo‘ldoshev rafiqasi bilan birgalikda hushsiz holatdagi 1 yoshli qizini shifoxonaga olib bormoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qizaloqning hayoti tobora xavf ostida qolayotganligini payqagan R.Azizov hamda H.Boltaboyev o‘sha vaqtning o‘zida zudlik bilan unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatib, o‘z xizmat mashinasida tezlik bilan harakatlanib, bemorni viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib borishadi.

Shifoxonaning oliy toifali shifokori Bobomurod Pardayevning ma’lum qilishicha, hushsiz holatda kasalxonaga yetkazilganida chaqaloqning harorati 39.5 daraja bo‘lgan. Ikki daqiqalik kechikish ham ayanchli oqibatlarga olib kelishi muqarrar edi. Ayni paytda zarur muolajalar tufayli qizaloq hayotga qaytdi, uning salomatligi yaxshi, o‘zi shifokorlar nazoratida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!